← Orqaga

🏛️ Verner nazariyasi

Alfred Verner (1866–1919) • Koordinatsion birikmalar asoslari

📋 Kompleks birikmalar haqida

Koordinatsion birikmalar — tarkibida metall atomi (yoki ioni) bilan bog'langan ligand tutgan kompleks tuzilishga ega moddalardir.

Dastlabki kompleks birikmalar XVIII asr boshlarida ma'lum bo'lsa, ular haqidagi nazariya keyinroq paydo bo'ldi. 1893 yili shveytsariyalik kimyogar Alfred Verner kobalt(III) tuzlarining ammiak bilan birikmalarini o'rganadi va fanga kompleks birikmalar tushunchasini kiritadi.

🔬 Verner o'rgangan kobalt birikmalari

FormulaRangiAgCl cho'kmasi
[Co(NH₃)₆]Cl₃🟠 Zarg'aldoq-sariq3 mol
[Co(NH₃)₅Cl]Cl₂🩷 Pushti2 mol
[Co(NH₃)₄Cl₂]Cl🟢 Yashil1 mol
[CoCl₃(NH₃)₃]🟢 Yashil0 mol

Verner shundan keyin 2 xil valentlik namoyon qilishini aytadi —asosiy va qo'shimcha valentlik.

📜 Verner nazariyasining asosiy holatlari

1

Ikki xil valentlik

Ayrim elementlar o'zining asosiy valentliklaridan tashqari qo'shimcha valentlikni namoyon qiladi.

2

Valentliklarni to'yintirish

Har qaysi element o'zining asosiy hamda qo'shimcha valentliklarini to'yintirishga harakat qiladi (energetik jihatdan barqarorlikka erishish uchun).

3

Fazoviy yo'nalish

Markaziy atomning qo'shimcha valentligi fazoda ma'lum yo'nalishga ega bo'ladi.

🏗️ Asosiy tushunchalar

Ligandlar

Metalga bog'langan molekula yoki ionlar. Ularda taqsimlanmagan elektron jufti bo'lishi kerak — Luis asosi.

Markaziy atom

Kompleks hosil qiluvchi metall — Luis kislotasi (elektron jufti akseptori).

Koordinatsion bog'

Markaziy atom va ligand orasidagi bog' — donor-akseptor bog'.

Ichki sfera

Kompleksning kvadrat qavs [ ] ichidagi qismi. Mustahkam bog'langan.